Yangilik

Kitobxonlik tanlovi o‘tkazildi

O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan xodimlar o‘rtasida kitobxonlik tanlovi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan tashkil etilgan mazkur tanlov “MILLAT SHAVKATI” kitobi mutolaasiga bag‘ishlandi.

➡️Tadbirda ta’kidlanganidek, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tashabbuslari bilan jamiyatimizning barcha jabhalari hamda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, ulardagi jadal o‘sish sur’atlari xalqimiz hayotida va turmush farovonligida o‘zining samarasini ko‘rsatmoqda.

➡️So‘nggi 10-yilda O‘zbekistonda erishilgan olamshumul natijalar bilan bir qatorda yaqin o‘tmishimizdagi voqelikning xolisona tahlili bayon etilgan “MILLAT SHAVKATI” kitobining nashr etilishi mamlakatimiz ma’naviy-ma’rifiy hayotidagi muhim voqealardan biri sifatida keng jamoatchilik tomonidan e’tirof etildi.

➡️Tanlov ishtirokchilari dastlab kitobning mazmun-mohiyatiga oid test savollariga javob berdilar. Shundan so‘ng “MILLAT SHAVKATI” kitobi bo‘yicha ishtirokchilar o‘z taqdimotlarini namoyish etdilar.

Nufuzli hakamlar hay’ati tomonidan g‘oliblar aniqlandi.

1-, 2-, 3-o‘rinni egallagan ishtirokchilar Respublika Kengashi tomonidan munosib rag‘batlantirildi.