Yangilik

Agrosanoat kasaba uyushmasi tizimida gender tenglikni ta’minlash yo‘lida muhim qadam

O‘zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tizimida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni yaratish maqsadida 2030-yilgacha gender tenglikka erishish konsepsiyasi va “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. Kelgusida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, tarmoq kasaba uyushmasi Respublika kengashi markaziy apparatida kengash raisining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi joriy etildi.