Yangilik

TALABALIKKA ILK QADAM KASABA UYUSHMASI TARIXI BILAN TANISHUVDAN BOSHLANDI

Toshkent davlat agrar universitetining 1-bosqich talabalarining kasaba uyushmalari tarixi haqidagi bilim va tasavvurlarini boyitish, shuningdek, ularni kasaba uyushmalarining faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida O‘zbekiston kasaba uyushmalari tarixi muzeyiga ma’rifiy sayohat tashkil etildi.

🟢Muzey bilan tanishuv davomida talabalar mamlakatimizda kasaba uyushmalari harakatining shakllanishi va rivojlanish tarixi, mehnatkashlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yo‘lida amalga oshirilgan ishlar, kasaba uyushmalarining bugungi kundagi faoliyati haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

🟢Ekspozitsiyalar orqali yoshlar bebaho tarixiy eksponatlar, turli davrlarga oid tarixiy hujjatlar, fotosuratlar va kasaba uyushmalari faoliyatiga doir materiallar bilan tanishdilar.

🟢Ayniqsa, universitetning birinchi bosqichiga qadam qo‘ygan yoshlar uchun bunday tashrifning ahamiyati katta. Zero, talaba hayotining dastlabki kunlaridanoq yoshlarning huquqiy va ijtimoiy bilimlarini oshirish, ularda mehnat qadri, jamoaviylik, faol fuqarolik pozitsiyasi va o‘z huquqlariga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.