Ma’naviyat va ma’rifat — yuksak maqsadlar sari yo‘l
➡️«Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi»da O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan navbatdagi Ma’naviyat soati tashkil etildi.
➡️Ma’naviyat soati davomida Prezidentimiz tomonidan Mustaqilligimizning 35-yilligi munosabati bilan ilgari surilgan muhim g‘oya va vazifalar, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, inson qadrini ulug‘lash, xalq farovonligini ta’minlash hamda Yangi O‘zbekistonni barpo etish borasidagi ustuvor maqsadlar haqida atroflicha fikr yuritildi.
➡️Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi, senator Qudratilla Rafiqovning «MILLAT SHAVKATI» nomli kitobi taqdimoti o‘tkazildi.
➡️Taqdimot jarayonida kitobda aks etgan Vatanga sadoqat, milliy g‘urur, xalq manfaati, inson qadri, mehnatsevarlik va ma’naviy yuksalish kabi muhim g‘oyalarga alohida e’tibor qaratildi. Kitobning mazmun-mohiyati yurtdoshlarimizning tarixiy xotirasi, bugungi islohotlarga daxldorligi va kelajak avlod oldidagi mas’uliyati bilan uyg‘un holda tushuntirib berildi. Ayniqsa, «MILLAT SHAVKATI» kitobining har bir insonni o‘z kasbiga, Vataniga va xalqimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shishga undaydigan ma’naviy ahamiyati ta’kidlandi.
➡️Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, kitob mazmuni va unda ilgari surilgan g‘oyalar yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdilar.
➡️Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar xodimlarning dunyoqarashini kengaytirish, milliy qadriyatlarga hurmatini yanada oshirish, Vatan taqdiriga daxldorlik tuyg‘usini kuchaytirish hamda jamoada sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma’naviyatli inson — yurt tayanchi.
Kitob o‘qigan avlod — millat kelajagi!
