Yangilik

O'zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kadaba uyushmasi Respublika Kengashi tashabbusi bilan Agrobankda ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir O’zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafiqovning “Millat Shavkati” kitobi taqdimotiga bag’ishlandi.

💫 Muloqot davomida asarda ilgari surilgan g’oyalar va fikrlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi hamda bank xodimlarining taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

💫Bank xodimlarining dunyoqarashini kengaytirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va yangi tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash uchun yana bir imkoniyat bo’ldi.