TURON UNIVERSITETIDA “MILLAT SHAVKATI” KITOBIGA BAG‘ISHLANGAN MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR O‘TKAZILDI
Bugun, 23-sentabr kuni Turon universitetida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi, jamoat arbobi Senator va siyosatshunos Qudratilla Rafiqov qalamiga mansub “Millat shavkati” kitobi taqdimotiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
👥 Tadbirda O‘zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi mutaxassisi N.Nazarov, O‘zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi viloyat kengashi tashkilotchisi B.Xo‘jayorov, Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi professori N.Shodmonov, tarix fanlari doktori, professor A.Pardayev, hamda O‘zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Qarshi shahar kengashi raisi T.Jumanov ishtirok etdilar.
🗒 Tadbirni Turon universitetining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori A. Shaymanova ochib berdi. U o‘z so‘zida yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda milliy qadriyatlarga hurmat ruhini kuchaytirishning ahamiyatini ta’kidladi.
📝 Shundan so‘ng N. Nazarov tomonidan “Millat shavkati” kitobining mazmun-mohiyati, unda ilgari surilgan asosiy g‘oyalar va muhim fikrlar yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.
💬 Tadbir davomida N. Shodmonov va A. Pardayev so‘zga chiqib, kitob 12 ta maqola va to‘plamdan iboratligi, uning mazmuni, undagi milliy o‘zlik, Vatan, tarixiy xotira va ma’naviy qadriyatlar bilan bog‘liq masalalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
✔️ Tadbir yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, tarixiy va milliy qadriyatlarga hurmatini mustahkamlash hamda ma’naviy dunyoqarashini boyitishga xizmat qildi.
