Millat Shavkati

“Millat shavkati” — milliy g‘urur va tarixiy xotira ifodasi

Bugun Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligida “Millat shavkati” asari yuzasidan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafiqov qalamiga mansub “Millat shavkati” asarining mazmun-mohiyati, unda ilgari surilgan g‘oyalar, xalqimizning boy tarixiy merosi, milliy qadriyatlari va ma’naviy salohiyatining ahamiyati haqida so‘z yuritildi.

Asar orqali milliy o‘zlikni anglash, ajdodlarimizning boy merosiga hurmat bilan qarash, vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash hamda yosh avlodni milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalashning muhim jihatlariga e’tibor qaratildi.

“Millat shavkati” asari asosida tashkil etilgan bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tarixiy xotirani mustahkamlash, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini yuksaltirish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.