Xorazm

Urganchda yoshlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

Yashil texnikumda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Xorazm viloyati kengashi raisi Gulsara Qurbonboyeva yoshlar bilan uchrashdi.

💬 Muhokama qilingan masalalar:

🔹 Ta’lim olish va kasb-hunar egallash

🔹 Mehnat bozorida o‘z o‘rnini topish

🔹 Yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish

Tadbirda shuningdek, agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasining Xorazm viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi Shavkat Safarboyev so‘zga chiqib, tarmoq kasaba uyushmalarining yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlari haqida gapirdi.

✔️ Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, fikr va takliflarini bildirishdi.