Mustaqillik saboqlari va yoshlar bilan ochiq muloqot
Qiziltepa tumanidagi 1-sonli texnikumda yoshlar uchun muhim kun bo‘ldi — "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" doirasida ochiq muloqot tashkil etildi.
📜 Uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mustaqilligimizning 35-yilligi munosabati bilan yo‘llagan bayram tabrigi mazmunini yoshlar e’tiboriga yetkazishdan boshlandi. Unda tinchlik va osoyishtalikni asrash, erishilgan yutuqlarni qadrlash hamda yoshlarning Vatan kelajagidagi faol ishtiroki haqida fikr almashildi.
👥 Tadbirda ishtirok etdi:
🔹 Navoiy viloyati kasaba uyushmalari Kengashi raisi Nazira Tog‘ayeva
🔹 Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi viloyat raisi Toir Yuldashev
🔹 Texnikum rahbariyati va yosh mutaxassislar
🔹 200 nafarga yaqin o‘quvchi-yoshlar
💬 Muloqot erkin savol-javob tarzida davom etdi. Yoshlarni asosan qiziqtirgan mavzular:
🔸 Huquq va manfaatlarini himoya qilish
🔸 Kasbiy rivojlanish yo‘llari
🔸 Mehnat faoliyatini boshlash
🔸 Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish
🔸 Kelgusi rejalar
Barcha murojaatlarga batafsil javoblar berilib, yoshlarning taklif va tashabbuslari ham e’tiborga olindi.
🎁 Tadbir yakunida faolligi va tashabbuskorligi bilan ajralib turgan, jamoat ishlarida faol ishtirok etgan yoshlarga kasaba uyushmalari tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.
Bunday ochiq muloqotlar yoshlar hayotiga daxldor masalalarni bevosita ularning o‘zidan eshitish va amaliy yechimlar topishda muhim ahamiyatga ega.
