Sirdaryo

Sirdaryoda "Millat shavkati" kitobi targ‘ib qilindi

Butun mamlakatimiz bo‘ylab, hatto xorijdagi yurtdoshlarimiz o‘rtasida ham katta qiziqish bilan kutib olinayotgan "Millat shavkati" kitobining mazmun-mohiyati Sirdaryo viloyatidagi navbatdagi ma’rifat soatining bosh mavzusiga aylandi.

📍 Tadbir viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasida, O‘zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi o‘rinbosari Erkin Bayniyazov boshchiligida o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi, senator Qudratilla Rafiqov qalamiga mansub asarga bag‘ishlangan ma’ruza tinglandi.

Erkin Bayniyazov kitobda ilgari surilgan milliy o‘zlikni anglash, tarixiy xotirani e’zozlash va Vatanga sadoqat g‘oyalarining bugungi kun uchun ahamiyatiga alohida to‘xtaldi. Shuningdek, so‘nggi o‘n yillikda mamlakatimizda olib borilayotgan ulkan islohotlar va barcha sohalardagi ijobiy yangilanishlar haqida fikr yuritildi.