Yangilik
"MILLAT SHAVKATI" kitobi bo‘yicha bilimlar tanlovi
Mustaqillik bayramiga bag‘ishlab O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi kitobxonlik tanlovini o‘tkazdi.
✍️ Tanlov qanday kechdi:
💬 ishtirokchilar "MILLAT SHAVKATI" kitobi mazmuniga oid test savollariga javob berdilar
💬 so‘ng o‘z taqdimotlarini namoyish etdilar
💬 nufuzli hakamlar hay’ati eng bilimdon ishtirokchilarni aniqladi
G‘oliblar — 1-, 2- va 3-o‘rinni egallagan ishtirokchilar — Respublika Kengashi tomonidan munosib rag‘batlantirildi.
Kitob mutolaasi — millat tarixini anglashning eng ishonchli yo‘li.
