Ustuvor vazifalar ijrosi yo‘lida
O‘zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tizimida bugungi kunda 13 ta vazirlik va idoralar bilan Tarmoq jamoa kelishuvlari, vazirlik va idoralarning 192 ta hududiy bo‘linmalari bilan Hududiy jamoa kelishuvlari, 4762 ta boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotida Jamoa shartnomalari tuzilgan. Mazkur lokal hujjatlarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Ish beruvchilar Konfederatsiyasi o‘rtasida imzolangan Bosh jamoa kelishuvidan kelib chiqqan holda qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
Bugungi kunda tarmoq kasaba uyushmasiga a’zo bo‘lgan mehnatkashlar soni 1 million 744 ming 235 nafarni tashkil etadi. Ushbu ko‘rsatkich 2026-yilning o‘tgan 6 oyi davomida tarmoq kasaba uyushmasi a’zolari sonining qariyb 26 ming nafarga ko‘payganini ko‘rsatadi.
