Yosh fermerlarni qo‘llab-quvvatlash — davr talabi
Farg‘ona viloyatida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining viloyat Kengashi tomonidan «Yosh fermerlarni qo‘llab-quvvatlash» mavzusida huquqiy seminar tashkil etildi.
Tadbirda agrosanoat tarmog‘ida faoliyat yuritayotgan yosh ishchi-xodimlar, fermer xo‘jaliklarining yosh rahbarlari, kasaba uyushma faollari hamda soha mutasaddilari ishtirok etdi.
Seminar davomida ishtirokchilarga:
🔹yer uchastkalaridan foydalanish huquqi;
🔹 qishloq xo‘jaligi sohasidagi amaldagi qonunchilik talablari;
🔹 imtiyozli kreditlar va davlat subsidiyalari;
🔹 moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, raqamli xizmatlardan samarali foydalanish, elektron davlat xizmatlari orqali murojaat qilish hamda kredit va subsidiyalardan foydalanish tartibi yuzasidan amaliy tavsiyalar taqdim etildi.
Seminar yakunida ishtirokchilar mutaxassislardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Shu bilan birga, yosh fermerlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligida innovatsion va raqamli texnologiyalarni keng joriy etish hamda davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.
