Yangilik

Kasaba uyushmasi faollari uchun amaliy seminar o‘tkazildi

19-iyun kuni O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan “Suvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasida boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlari raislari uchun “Ijtimoiy sug‘urta mablag‘laridan maqsadli foydalanish va yo‘llanmalarni taqsimlash tartibi” hamda “Ijtimoiy sheriklik asosida jamoa shartnomasining bajarilishini tashkil etish” mavzularida amaliy seminar o‘tkazildi.