Farg'ona

Farg‘onada gender tenglik va xotin-qizlar manfaatlariga bag‘ishlangan o‘quv-seminar o‘tkazildi

Farg‘ona viloyatida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ish joylarida teng imkoniyatlarni kengaytirish hamda gender tenglik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

📍 Quvasoy shahridagi “Ahmad Al-Farg‘oniy” dam olish uyida tashkil etilgan tadbirda davlat tashkilotlari, kasaba uyushmalari tizimi, ta’lim va ijtimoiy sohalar vakillari ishtirok etdilar.

Seminar “Kompleks gender yondashuv asosida davlat organlari va tashkilotlarida genderga oid audit o‘tkazishning tartib-tamoyillari” mavzusiga bag‘ishlandi.

Tadbir davomida:

➡️ tashkilotlarda gender tenglikni baholash;

➡️ mavjud muammolarni aniqlash;

➡️ xotin-qizlar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish;

➡️ ish joylarida teng imkoniyatlarni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Mutaxassislar tomonidan gender auditini samarali tashkil etish va ayollarning huquq hamda manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Shuningdek, “Kasaba uyushmalari — ayollar manfaati yo‘lida” shiori ostida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlov g‘oliblari taqdirlandi.

Tanlov g‘oliblaridan biri — Toshloq tumanidagi 16-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori Nasibaxon Saydmatova bunday tadbirlar gender tenglik sohasidagi bilim va tajribalarni yanada boyitishga xizmat qilayotganini ta’kidladi.

💬 — Ushbu ko‘rik-tanlovda g‘olib bo‘lish men uchun katta sharaf. Seminar davomida gender tenglikni ta’minlash, ayollar uchun yanada qulay mehnat muhitini yaratish bo‘yicha muhim bilimlarga ega bo‘ldik. Bu kabi muloqotlar tajriba almashish va yangi tashabbuslarni ilgari surishda muhim ahamiyat kasb etadi, — dedi u.

Bunday muloqotlar jamiyatda gender tenglik madaniyatini mustahkamlash, xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish va mehnat jamoalarida adolatli muhit yaratishga xizmat qiladi.