Fermer xo‘jaliklarida mehnatkashlar manfaatlari himoyasi kuchaytirilmoqda
O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Qashqadaryo viloyati tashkiloti tomonidan fermer xo‘jaliklari boshlang‘ich kasaba uyushmalari ishtirokida seminar tashkil etildi.
Tadbirda 2023-yildan amalga kiritilgan yangi Mehnat kodeksi talablarini fermer xo‘jaliklarida qo‘llash, fuqaroviy-huquqiy shartnomalarni mehnat shartnomalariga o‘tkazish hamda jamoa shartnomalari orqali ishchi-xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini himoya qilish masalalari muhokama qilindi.
Qayd etilganidek, viloyatdagi kasaba uyushmalari 12 mingdan ziyod fermer xo‘jaliklari va 150 mingdan ortiq xodimlarni qamrab olgan. Jamoa shartnomalarida mehnatga haq to‘lash, qo‘shimcha ta’tillar, mehnat muhofazasi hamda xodimlarni sog‘lomlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shuningdek, Prezidentning paxta va bug‘doy yetishtiruvchilarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi farmoni fermerlar uchun muhim imkoniyatlar yaratayotgani ta’kidlandi.
Seminar davomida mehnat munosabatlari va sohadagi huquqiy masalalar yuzasidan ishtirokchilarning savollariga mutaxasislar tomonidan atroflicha javoblar berildi
