Yangi O‘zbekistonda kuchli kasaba uyushmalari qanday shakllanmoqda?
Yangi O‘zbekistonda kuchli kasaba uyushmalari qanday shakllanmoqda?
6-may kuni Pastdarg‘om tumanida fermer xo‘jaliklari boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari raislari uchun amaliy seminar tashkil etildi.
Tadbir O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tashabbusi bilan o‘tkazildi.
Seminarda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyati kengashi raisi S. Rafikov, tarmoq respublika kengashi raisi o‘rinbosari T. Bozorov, mehnat inspeksiyasi bo‘limi boshlig‘i Sh. Hamrayev hamda soha mas’ullari ishtirok etdi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga:
⏺ “Yangi O‘zbekiston — yangi kasaba uyushmalari” g‘oyasi;
⏺ kasaba uyushmalarining jamiyatdagi o‘rni;
⏺ xodimlar huquqlarini himoya qilish;
⏺ tarmoqda amalga oshirilayotgan islohotlar va yangi vazifalar
bo‘yicha amaliy ma’lumotlar berildi.
Seminar muloqot va tajriba almashinuvi ruhida o‘tib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Tadbir yakunida fermer xo‘jaliklari boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari raislariga Malaka oshirish instituti sertifikatlari topshirildi
