Navoiyda agrosanoat kasaba uyushmasi yetakchilari uchun ikki kunlik o‘quv-seminar o‘tkazildi
“Yangi O‘zbekiston – yangi kasaba uyushmalari” shiori asosida Navoiy viloyatida Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tizimidagi boshlang‘ich tashkilotlar raislari uchun ikki kunlik o‘quv seminar tashkil etildi.
Seminar davomida:
— kasaba uyushmalari faoliyatini takomillashtirish
— xodimlarning mehnat huquqlari va ijtimoiy manfaatlarini himoya qilish
— tizimdagi islohotlar mazmuni
bo‘yicha muhim va amaliy ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilar Quyi Zarafshon ITHB huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmasiga tashrif buyurib, ilg‘or tajribalar bilan yaqindan tanishdilar.
💡 Bunday seminarlar kasaba uyushma yetakchilarining bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, tizim samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
