Yangi O‘zbekiston – yangi kasaba uyushmalari
Buxoro viloyatida Agrosanoat majmuasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari raislari va tizim mas’ullari uchun ikki kunlik o‘quv seminari tashkil etildi.
Tadbirda mehnat munosabatlari, ijtimoiy sheriklik, jamoa shartnomalari tuzish hamda ularning ijrosini ta’minlash kabi muhim masalalar muhokama qilindi.
Mutaxassislar ishtirokchilarga:
— mehnat huquqlarini himoya qilish
— xavfsiz va munosib mehnat sharoitlarini ta’minlash
— xodimlar manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berdilar.
Shuningdek, Xalqaro mehnat tashkiloti konvensiyalari va ularni amaliyotda qo‘llash masalalari yuzasidan ham tushuntirishlar berildi.
Seminar davomida ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashib, kasaba uyushmalari faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
Seminar yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.
