Sirdaryo
Sirdaryoda «Indorama Agro» mehnat jamoasida sport musobaqalari o‘tkazildi
O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120-yilligi munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tashabbusi bilan Sirdaryo viloyati Guliston shahar kengashi tizimidagi “Indorama Agro” xorijiy investitsiya ishtirokidagi MCHJda muntazam ravishda madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari tashkil etilmoqda.
Shu munosabat bilan joriy yilning 24, 25, 26 va 28-iyul kunlari “Indorama Agro” MCHJ mehnat jamoasi boshlang‘ich kasaba uyushmasi tomonidan a’zo xodimlar o‘rtasida sportning shashka va shaxmat turlari bo‘yicha hududiy bosqich musobaqalari o‘tkazildi.
